
Universiteti

Bugun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki, korrupsiyaga barham berilmas ekan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohadagi islohotlar kutilgan natijani bermaydi.
Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida 28-sentabr kuni O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat bo‘limi xodimi, viloyat bosh imom xatibining o‘rinbosari Sidiqboyev Valijon domla bilan talabalar ishtirokida tashkil etilgan navbatdagi ma’naviyat-ma’rifat mashg‘uloti ham ayni shu masalalarga bag‘ishlandi.
Davra suhbatida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Akbarov hamda 85 nafar universitetning 1-kursiga qabul qilingan talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar borasida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, muqaddas dinimizda ham korrupsiya eng yomon illatlardan biri sifatida tavsiflanib, bu borada iymonidan nafsi ustun bo‘lgan kimsalarning oxir-oqibat halokatga yuz tutishi bo‘yicha hayotiy misollar yordamida fikr bildirildi.
Shu kuni so‘zga chiqqanlar, Andijon davlat universitetida ilm olishga, bilim o‘rganishga bo‘lgan shart-sharoitlar va ilm olishning afzalliklari haqida gapirib, talabalari bilan samimiy suhbatlashdilar.
Davra suhbati davomida talabalar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan savollarga javoblarni oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI